O'zbekiston

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 3 ta kumush medal bilan tamomladi.

Toshkentda 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi yakunlandi

19-iyun kuni Toshkent shahrida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan to‘rt nafar o‘quvchining barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar berdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, Rayhona Tuymurodova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jasur Mustafoyev, Azizmuhammad Hafizov hamda Mirjalol Homidjonov esa kumush medal bilan taqdirlandi.


O‘zbekiston tarixda ilk bor mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasiga mezbonlik qildi. Musobaqada dunyoning 90 dan ortiq davlatidan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etib, nazariy va amaliy bosqichlarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.


Xalqaro kimyo olimpiadasi dunyodagi eng nufuzli fan musobaqalaridan biri hisoblanadi. Unda har bir mamlakatdan to‘rt nafargacha o‘quvchi qatnashadi. Ishtirokchilar besh soatlik nazariy hamda besh soatlik laboratoriya-amaliy imtihonlarda murakkab kimyoviy masalalarni yechish bo‘yicha bellashadi.


Ma’lumot uchun, Prezidentning 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ishtirokchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Mazkur tartibga ko‘ra, oltin medal sohibiga 1 milliard 30 million so‘m, kumush medal sohibiga 618 million so‘m, bronza medal sohibiga esa 412 million so‘m mukofot beriladi.


Shuningdek, oltin medal sovrindorining ustoziga 185,4 million so‘m, kumush medal sovrindorining ustoziga 103 million so‘m, bronza medal sovrindorining ustoziga esa 61,8 million so‘m pul mukofoti to‘lanadi.


O‘zbekiston terma jamoasining natijalaridan kelib chiqib, o‘quvchilar uchun ajratiladigan jami mukofot puli 2 milliard 884 million so‘mni tashkil etadi. Ularni tayyorlagan ustozlarga esa jami 494,4 million so‘m miqdorida mukofot beriladi. Bundan tashqari, g‘oliblarni xalqaro olimpiadaga tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona oshirilishi belgilangan.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"