O'zbekiston

Anomal issiqda hashar va jamoaviy ishlarni o‘tkazmaslik talab etildi

Davlat mehnat inspeksiyasi jazirama davrida xodimlarni ichimlik suvi, soyali dam olish joylari va birinchi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlash majburiy ekanini eslatdi.

Anomal issiqda hashar va jamoaviy ishlarni o‘tkazmaslik talab etildi

 

Davlat mehnat inspeksiyasi respublikada kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo munosabati bilan barcha hokimliklarga xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha maxsus ko‘rsatma yubordi.

 

Ma’lum qilinishicha, ochiq havoda yuqori harorat sharoitida uzoq vaqt ishlash issiq urishi, organizmning suvsizlanishi, yurak-qon tomir hamda asab tizimi faoliyatining buzilishi kabi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

O‘zbekiston Mehnat kodeksining 359-moddasi hamda amaldagi sanitariya qoidalariga muvofiq, yilning issiq davrida ochiq hududlarda havo harorati 36°C va undan yuqori bo‘lsa, bu o‘ta xavfli (ekstremal) mehnat sharoiti hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan Davlat mehnat inspeksiyasi:

  • 10:00–17:00 oralig‘ida ochiq hududlarda hasharlar, ommaviy mehnat tadbirlari va boshqa jamoaviy ishlarni tashkil etmaslik;

  • zarur ishlarni imkon qadar soat 10:00 gacha yoki 17:00 dan keyin bajarish;

  • kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarda mehnat va dam olishning maxsus rejimini joriy etish, ish vaqtini qisqartirish hamda xodimlarni ichimlik suvi, soyali dam olish joylari, shaxsiy himoya va birinchi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlashni talab qildi.

 

Shuningdek, yuqori harorat sharoitida ishlayotgan xodimlarning sog‘lig‘i ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, ahvoli yomonlashgan taqdirda ularni darhol ishdan ozod qilish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish lozimligi ta’kidlandi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzish hamda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi mehnat sharoitlarini yaratish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.