Jahon

AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor — Rubio

AQSH Davlat kotibi diplomatik urinishlar samara bermasa, buning oqibatlari Eron uchun og‘ir bo‘lishi mumkinligini aytdi.

AQSH Eron bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor — Rubio

 

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Vashington ma’muriyati Eron bilan yuzaga kelgan ziddiyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Uning aytishicha, AQSH avval ham Tehron bilan muzokaralar orqali kelishuvga erishishga uringan va bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi.

 

“Qo‘shma Shtatlar har doim diplomatik yechimga tayyor. Biz bunga Eron bilan bir necha bor erishishga harakat qildik va bundan keyin ham harakat qilamiz. Agar muzokaralar uchun eshik ochiq bo‘lsa, biz bunga tayyormiz”, — degan Rubio.

 

Davlat kotibi har qanday kelishuv samimiy bo‘lishi va tomonlar uni bajarishga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, Rubio diplomatik urinishlar natija bermasa, buning oqibatlari Eron uchun salbiy bo‘lishi mumkinligini bildirib, mamlakat iqtisodiyoti allaqachon jiddiy bosim ostida ekanini qayd etgan.

 

Bundan tashqari, AQSH Davlat kotibi Eronni Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga raketa va dronlar yordamida uyushtirilgan hujumlar uchun tanqid qildi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"