O'zbekiston

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotin 5 yilga qamaldi

Ayblanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolani sotishdan tushadigan mablag‘ qarzlarni yopish va Turkiyaga ishlash uchun ketishga sarflanishi rejalashtirilgan edi.

Farg‘onada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotin 5 yilga qamaldi

 

Farg‘ona shahrida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini sotishga uringan er-xotinga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan ish materiallariga ko‘ra, ayblanuvchilar 2024-yil oktabr oyida tanishib, nikohni rasmiylashtirmasdan birga yashay boshlagan. 2025-yil oktabr oyida esa ularning o‘g‘il farzandi dunyoga kelgan.

 

Sudda ayol chaqaloqni sotishga moliyaviy qiyinchiliklar sabab rozi bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolani sotishdan tushadigan mablag‘ o‘zining qarzlarini, turmush o‘rtog‘ining kreditlarini yopish hamda Turkiyaga ishlash uchun borish xarajatlariga sarflanishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, ayol dastlab bolani sotishga rozi bo‘lmaganini, biroq tanishi farzand "yaxshi sharoitda tarbiya topishi"ni aytgach, bu fikrga ko‘nganini bildirgan. Sudlanuvchining aytishicha, turmush o‘rtog‘i reja haqida faqat bitim amalga oshiriladigan kuni xabardor bo‘lgan. Shu sabab ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan, ammo keyinchalik erkak ham bolani sotishga yordam berishga rozi bo‘lgan. Ularning rejasiga ko‘ra, ushbu voqeadan so‘ng ajrashish ham ko‘zda tutilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, har ikki sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Shuningdek, sud chaqaloqning keyingi taqdirini hal etish masalasini Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qo‘qon shahri hokimligi huzuridagi Bolalarni himoya qilish bo‘limiga topshirdi.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"