Jahon

Jizzaxda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilib pul talab qilgan shaxs ushlandi

U mahalladoshini shaxsiy tasvirlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 1,5 mln so‘m talab qilgan.

Jizzaxda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilib pul talab qilgan shaxs ushlandi

 

Jizzax viloyatida fuqaroning shaxsiy foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilib, pul talab qilgan shaxs protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Paxtakor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993-yilda tug‘ilgan G. M. 1996-yilda tug‘ilgan mahalladoshi B. YA. ning shaxsiy foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1 million 500 ming so‘m talab qilgan.

 

Gumonlanuvchi talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"