Jahon

Messi va Ronaldu bilan bir oyga o‘rin almashishni istardim — Tramp

AQSH prezidenti futbol afsonalari Messi va Ronalduning hayoti o‘zinikidan ancha oson ekanini ta’kidladi.

Messi va Ronaldu bilan bir oyga o‘rin almashishni istardim — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikr bildirib, ular bilan qisqa muddatga o‘rin almashishni istashini aytdi.

 

Fox Sports nashriga bergan intervyusida Tramp har ikki futbolchini buyuk sportchilar sifatida e’tirof etib, yoshligida afsonaviy braziliyalik Pele o‘yinlarini ham tomosha qilganini eslagan.

 

“Messi ajoyib, Ronaldu ham ajoyib futbolchi. Men Pelening ham o‘yinini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lganman. Futbolda buyuk futbolchilar juda ko‘p”, — degan AQSH prezidenti.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u futbol olamiga oid ko‘plab ma’lumotlarni o‘g‘li Barrondan oladi, chunki u futbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

 

Shuningdek, AQSH prezidenti yaqinda Lionel Messi bilan uchrashgani, Krishtianu Ronalduni esa uzoq yillardan buyon tanishini ma’lum qilgan.

 

“Yaqinda Messi bilan uchrashdim, Krishtianuni esa anchadan beri bilaman. Ularning hayoti juda yaxshi. Ochig‘ini aytsam, ularning hayoti menikidan ancha oson. Hatto ular bilan bir oyga o‘rin almashishni ham istardim”, — dedi Tramp.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.