O'zbekiston

O‘zbekistonda anomal issiq ortga chekinmoqda

Hafta o‘rtalaridan mamlakatning ko‘p qismida kunduzgi harorat 30–35 darajagacha tushishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda anomal issiq ortga chekinmoqda

“O‘zgidromet” 22–25-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 23-iyuldan boshlab respublikaning aksariyat hududlarida anomal issiq asta-sekin chekina boshlaydi.

 

Prognozga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 22–23-iyul kunlari kunduzgi havo harorati 30–35 daraja, 24–25-iyul kunlari esa 32–37 daraja atrofida bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 22–24-iyul kunlari havo 32–37 daraja, 25-iyulda esa 34–39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat eng yuqori darajada saqlanib, 22–23-iyul kunlari 34–39 daraja, 24–25-iyul kunlari esa 35–40 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda shamol soniyasiga 20–22 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 22-iyul kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, 23–25-iyul kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmasligi bildirilgan.

 

Shuningdek, tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi, havo harorati kunduz kunlari 20–28 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"