Jahon

Peruda yuz bergan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 300 ga yaqin aholi vaqtinchalik chodirlarga joylashtirilgan.

Peruda yuz bergan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi


Peruning Junin viloyatidagi Chupaka provinsiyasida 19-iyulga o‘tar kechasi ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘lgan. Peru Milliy seysmologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, birinchi zilzila 5,1 magnitudada va 24 kilometr chuqurlikda, ikkinchisi esa 3,7 magnitudada hamda 18 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Avvalroq Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi dastlabki zilzilaning magnitudasini 5,6 deb baholagan.


 
Zilzila epitsentri mamlakat poytaxti Limadan qariyb 300 kilometr sharqda joylashgan tog‘li hududga to‘g‘ri kelgan. Eng katta talafot Chupaka provinsiyasidagi Pumpunya va Chongos Bajo aholi punktlarida kuzatilgan. Ushbu hududlarda uylarning aksariyati xom g‘ishtdan qurilgani sababli kuchli silkinishlar oqibatida ko‘plab binolar qulab tushgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.


 
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, yana 21 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati ayrim hududlarda vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qilgan. Bedarak yo‘qolganlar soniga aniqlik kiritish ishlari ham olib borilmoqda.


 
Zilzila natijasida kamida 48 ta turar joy butunlay vayron bo‘lgan, yana 18 ta uy jiddiy shikastlangan. Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 300 ga yaqin aholi vaqtinchalik chodirlarga joylashtirilgan. Ayrim oilalar uylariga qaytish xavfli ekani sabab ochiq maydonlarda tunashga majbur bo‘lgan.


 
Mahalliy hokimiyat vakillarining bildirishicha, zilzila nafaqat turar joylarga, balki tarixiy va diniy obidalarga ham zarar yetkazgan. Jumladan, Chongos Bajodagi XVI asrda barpo etilgan Santiago de León cherkovi va monastiri qisman qulab tushgan. Shuningdek, ayrim yo‘llar va infratuzilma obyektlarida ham shikastlanishlar qayd etilgan.


 
Hodisadan so‘ng voqea joyiga qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va harbiy xizmatchilar safarbar etilgan. Maxsus texnikalar yordamida vayronalar tozalanmoqda, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda hamda xavfsiz hududlarga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda. Rasmiylar aholini ehtimoliy takroriy silkinishlar tufayli ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.


 
Peru Tinch okeanining "Olov halqasi" deb ataluvchi seysmik faol hududda joylashgani sababli mamlakatda kuchli zilzilalar tez-tez sodir bo‘ladi. Mazkur geologik mintaqada Yer yuzidagi zilzilalarning qariyb 80 foizi qayd etiladi. 2007-yilda Peruning Pisko shahri yaqinida yuz bergan 7,9 magnitudali zilzila qariyb 600 kishining hayotiga zomin bo‘lib, mamlakat tarixidagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri sifatida qayd etilgan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"