Prezident Zelenskiyga qarshi namoyish boshlandi
Bugun jahon hamjamiyati birdaniga ikki yirik va xavfli frontdagi voqealar rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Bir tomondan, Yaqin Sharqda AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ortga qaytmas nuqtaga kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Rossiya agressiyasiga qarshi kurashayotgan Ukrainaning ichida jiddiy, katta siyosiy inqiroz boshlandi. Har ikki hududdagi vaziyat xalqaro xavfsizlik shartlarini butunlay o‘zgartirib yuborish arafasida turibdi.

Bugun jahon hamjamiyati birdaniga ikki yirik va xavfli frontdagi voqealar rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Bir tomondan, Yaqin Sharqda AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ortga qaytmas nuqtaga kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Rossiya agressiyasiga qarshi kurashayotgan Ukrainaning ichida jiddiy, katta siyosiy inqiroz boshlandi. Har ikki hududdagi vaziyat xalqaro xavfsizlik shartlarini butunlay o‘zgartirib yuborish arafasida turibdi. Zamon.uz sizlarga AQSH-Eron o‘rtasidagi hozirgi vaziyat hamda Ukrainadagi Zelenskiyga qarshi namoyish haqida batafsil maʼlumot beradi.
1. Yaqin Sharq fronti: Vashington va Tehron o‘rtasidagi urush kengaymoqda
Yaqin Sharqdagi vaziyat so‘nggi kunlarda o‘ta keskinlashdi. Pentagon dam olish kunlari yuz bergan shiddatli havo janglarida yana bir amerikalik askar halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Maʼlum qilinishicha, harbiy xizmatchi Shimoliy Iroqda urib tushirilgan Eron hujumchi dronini zararsizlantirish vaqtida halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Iordaniyadagi AQSH aviabazasiga berilgan raketa zarbalari joyidan bedarak yo‘qolgan yana bir askarning jasad qoldiqlari topildi. Shu tariqa, ushbu to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 17 nafarga yetdi.
AQSH harbiylari bunga javoban Eronga qarshi ketma-ket to‘qqizinchi yangi zarbalar to‘lqinini boshladi. Eron esa AQSH harbiylari joylashgan Quvayt, Bahrayn va Iordaniyaga raketalar “guldastasini” jo‘natdi. Quvayt rasmiylarining bildirishicha, Eron hujumlari oqibatida mamlakatdagi neft obyektlari hamda suv va elektr stansiyalari jiddiy zarar ko‘rgan. Tinch aholi hayoti uchun muhim bo‘lgan bunday infratuzilmalarga zarba berilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan urush jinoyati sifatida baholanmoqda.
Vaziyatning keskinlashishi fonida AQSH Germaniya va Britaniyadagi F-16 hamda F-35 qiruvchi samolyotlarini zudlik bilan Yaqin Sharqqa safarbar qila boshladi. Global bozorda esa neft narxi keskin ko‘tarilmoqda. Ekspertlarning fikricha, Prezident Tramp Isroil bilan birgalikda boshlagan Eronga qarshi urush endi mintaqaviy miqyosdan chiqib, global inqirozga aylanmoqda.
Xalq va harbiylarning sezilarli qismi Fedorovni qo‘llab-quvvatlamoqda. Namoyishchilar buni armiya ichidagi "eski sovet gvardiyasi"ning zamonaviy innovatsiyalar ustidan qozongan g‘alabasi deb hisoblamoqda. Norozilik belgisi sifatida hatto Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Pavlo Yelyazarov ham isteʼfo berdi.
Prezident Zelenskiy esa ko‘chalardagi aksiyalarni urush davrida ham saqlanib qolgan demokratiya belgisi deb atamoqda. Biroq, parlamentda yangi mudofaa vazirini tasdiqlash ovoz berish jarayonining kechiktirilishi Zelenskiy jamoasi ichida jiddiy kelishmovchilik va siyosiy inqiroz boshlanganidan dalolat beradi.
Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Kir starmerning Kiyevga so‘nggi tashrifi chog‘ida prezident Zelenskiy mushkul tanlov oldida turganini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vaziri va harbiy qo‘mondon birgalikda ishlay olmayapti.
“Rostini aytsam urush vaqtida prezident bunday vaziyatda bir tomonning yonini olmasligi kerak Men juda ham birlikni istar edim, ikki tomon bunga erisha olmadi”, degan Ukraina prezidenti.
Biroq yosh namoyoshchilar prezident Zelenskiyning bu qarorini noto‘g‘ri ekanligini aytmoqda.
Har ikki voqea shuni ko‘rsatadiki, xalqaro maydonda barqarorlik muvozanati buzilgan. Yaqin Sharqdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSH-Eron urushi jahon iqtisodiyotiga va energiya xavfsizligiga tahdid solayotgan bo‘lsa, Ukrainadagi ichki nizolar Kiyevning frontdagi muvaffaqiyatlariga soya solishi mumkin. Rossiya esa Ukrainadagi bu ichki bo‘linishlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga harakat qilishi aniq.
2026 yil dunyo siyosiy xaritasi va harbiy strategiyalar tubdan sinovdan o‘tayotgan yil bo‘lmoqda. Voqealar rivoji qaysi tomonga burilishini esa yaqin kunlardagi siyosiy qarorlar belgilaydi.
The Washington Post nashrining yozishicha, AQSH Eron bilan keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Oq uydagi muhokamalardan xabardor AQSH rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Eronga qarshi harbiy operatsiyani kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda.
Nashr Pentagon Yaqin Sharqdagi jangovar havo kuchlarini ko‘paytirayotganini taʼkidlaydi. Biroq, operatsiyani yana-da kengaytirish havo mudofaasi zaxiralari va uzoq masofali o‘q-dorilarning kamayishi, shuningdek, jangovar yo‘qotishlar tufayli qo‘shimcha qo‘shinlar va samolyotlarni joylashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi bilan murakkablashishi mumkin. Bir manba AQSHda operatsiyalarni xavfsiz davom ettirish uchun resurslar yetishmasligini aytdi.
Avvalroq AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududiga yangi zarbalar to‘lqini boshlanganini eʼlon qilgan edi.
O‘z navbatida, Eron agar AQSH hujumlari davom esa, hujumkor operatsiyalar va "vayron qilish bosqichi" boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni Majid Musaviy dushmanga qarshi zarbalar mamlakatning janubiy qirg‘og‘ida va Hormuz bo‘g‘ozida tinchlik tiklanmaguncha davom etishini aytdi.
2. Ukraina fronti: "Texnologiyalar otasi"ning isteʼfosi va Zelenskiyga qarshi aksiyalar
Yaqin Sharq yonayotgan bir vaqtda, Sharqiy Yevropada ham kutilmagan voqea yuz berdi. Ukrainada urush boshlanganidan beri ikkinchi marta yirik ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Kiyev, Xarkov, Odessa va Lvov shahar ko‘chalariga chiqqan minglab ukrainaliklar mamlakat Mudofaa vaziri Myxailo Fedorovning isteʼfoga chiqarilishiga qarshi chiqishmoqda.
35 yoshli M. Fedorov Ukrainada dronlar imperiyasini barpo etgan va urushni yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish ramziga aylangan shaxs edi. Aynan u boshlagan uzoq masofali dronlar kampaniyasi tufayli Ukraina Rossiya ichkarisidagi neft bazalari va harbiy obyektlarga halokatli zarbalar berib, Qrimni yakkalab qo‘yishga muvaffaq bo‘layotgan edi.
Isteʼfoga chiqqan vazir matbuot anjumanida Prezident Vladimir Zelenskiy va Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni Oleksandr Syrskyini keskin tanqid qildi:
"Rossiyani qanday qilib assimetrik (dronlar yordamida) mag‘lub etish haqida bosh qotirish o‘rniga, general Syrskyi mamlakatni qanday qilib ikkiga bo‘lish yo‘lini topdi va bizning barcha zamonaviy tashabbuslarimizni to‘sib qo‘ydi", — dedi Fedorov.








