Jahon

Rossiyaning bir necha hududiga dron hujumi uyushtirildi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Kiyev zarbalar harbiy logistika va dron ishlab chiqarish bilan bog‘liq obyektlarga qaratilganini bildirdi.

Rossiyaning bir necha hududiga dron hujumi uyushtirildi, sakkiz kishi halok bo‘ldi


 
Rossiyaning bir necha hududiga tunda uyushtirilgan Ukraina dron hujumlari oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 60 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Rossiya rasmiylari ma'lumotiga ko‘ra, hujumlar mamlakatning kamida 19 hududini qamrab olgan bo‘lib, eng katta talafot Tambov viloyatida qayd etilgan.


 
Tambov viloyatining Kotovsk shahrida Rossiyaning yirik internet-savdo kompaniyasi Wildberries omboriga dron zarbasi berilgan. Oqibatda tungi smenada ishlayotgan yetti nafar xodim halok bo‘ldi, yana 25 kishi jarohat olgan. Moskva viloyatining Elektrostal shahridagi yana bir Wildberries logistika markaziga hujum natijasida esa o‘nlab odamlar tan jarohati olgan.


 
Shuningdek, Moskva viloyatining Noginsk shahridagi neft bazasida dron zarbasi ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan yaqin atrofdagi tug‘ruqxona evakuatsiya qilingan. Elektrostalda dron qoldiqlari bolalar bog‘chasi binosiga ham zarar yetkazgan.


 
Rossiya Mudofaa vazirligi tunda 379 ta Ukraina droni urib tushirilganini ma'lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, dronlar Rossiyaning turli hududlari, anneksiya qilingan Qrim, shuningdek, Qora va Azov dengizlari ustida yo‘q qilingan.


 
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujumlar Rossiyaning harbiy salohiyatini ta'minlayotgan obyektlarga qaratilganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba berilgan logistika markazlarida dronlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan butlovchi qismlar va navigatsiya uskunalari saqlangan. Ukraina Qurolli kuchlari, shuningdek, Rossiyaning yoqilg‘i infratuzilmasi, Qora va Azov dengizlaridagi harbiy logistika obyektlari hamda bosib olingan Lugansk viloyatidagi muhim temiryo‘l ko‘prigiga ham zarbalar berilganini ma'lum qildi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"