Jahon

Saudiya Arabistoni bir yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi

Viza egalari mamlakatga bir necha bor kirib, umumiy hisobda 90 kungacha qolishi mumkin.

Saudiya Arabistoni bir yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi

 

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi ziyoratchilar uchun bir yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, mazkur viza berilgan kundan boshlab 365 kun davomida amal qiladi va uning egalariga Saudiya Arabistoniga bir necha bor kirish hamda umumiy hisobda 90 kungacha mamlakatda bo‘lish imkonini beradi.

 

Saudiya matbuot agentligi (SPA) ma’lum qilishicha, ushbu tashabbus "Saudi Vision 2030" dasturi va Ziyoratchilar tajribasi dasturi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda raqamli xizmatlarni kengaytirishni nazarda tutadi.

 

Yangi tartibga muvofiq, har bir tashrif oldidan ziyoratchilar Nusuk platformasi orqali tasdiqlangan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan xizmat paketini xarid qilishi va Nusuk ilovasi orqali Umra ruxsatnomasini olishi shart.

 

Shuningdek, viza har safar mamlakatni tark etgandan so‘ng vaqtincha bekor qilinadi va keyingi tashrif uchun belgilangan talablar bajarilgach qayta faollashtiriladi.

 

Mazkur viza Haj mavsumida — Zulqa’da oyining birinchi kunidan Zulhijja oyining 13-kunigacha amal qilmaydi.

 

Vazirlikning ta’kidlashicha, yangi tizim Umra safarlarini rejalashtirishda yanada ko‘proq moslashuvchanlik yaratish hamda ziyoratchilar uchun xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni bir yillik ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi | Zamon.uz