Jahon

Ukraina Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlarga hujum qildi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, neft yuklash esa vaqtincha to‘xtatildi.

Ukraina Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlarga hujum qildi

 

Qora dengizda Qozog‘iston nefti yuklangan ASIA va NISSOS IOS nomli ikki tanker Ukraina dronlari hujumiga uchradi. Hodisa Kaspiy quvur liniyasi konsorsiumi (CPC) terminalida neft yuklash jarayonida sodir bo‘lgan.

 

Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, hujum oqibatida tankerlarda yong‘in yuzaga kelgan, biroq ekipajlar uni qisqa vaqt ichida bartaraf etgan. Hodisada jabrlanganlar qayd etilmagan, port infratuzilmasiga jiddiy zarar yetmagan va neft sizib chiqishiga yo‘l qo‘yilmagan.

 

Vazirlik bildirishicha, hodisa oqibatlari to‘liq baholanmaguncha terminalda neft yuklash ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Qozog‘iston Energetika vazirligi xalqaro energetika infratuzilmasining fuqarolik obyektlariga qilingan bunday hujumlarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb baholab, bu global energetika xavfsizligi va xalqaro savdo barqarorligiga tahdid solishini ta’kidlagan.

 

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham neft tashiyotgan tankerlarga 17 va 19-iyul kunlari uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralab, ularni mamlakatning iqtisodiy manfaatlari hamda xalqaro transport-logistika zanjirlariga qarshi qaratilgan harakat sifatida baholagan.

 

Ma’lum qilinishicha, bu Qozog‘iston nefti ortilgan tankerlarga uyushtirilgan ilk hujum emas. Avvalroq, 18-iyul kuni Nordic Zenith tankeriga, joriy yilning 13-yanvarida esa Kaspiy quvur liniyasi konsorsiumi terminaliga yo‘l olgan yana uchta tankerga dronlar hujum qilgan edi.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"