O'zbekiston

17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugunoq ko‘rib chiqiladi

Sanoat va eksport rejalari bajarilmagan hududlar tanqid qilinib, mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.

17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligi bugunoq ko‘rib chiqiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning olti oylik yakunlari bo‘yicha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi.

 

Qayd etilishicha, birinchi chorak yakunida sanoat rejasini bajarmagan 13 nafar hamda eksport hajmini kamaytirgan 15 nafar tuman hokimiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan. Ushbu ogohlantirishlardan so‘ng ko‘plab hududlar rahbarlari tegishli xulosalar chiqarib, olti oylik prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlagan.

 

Shu bilan birga, ayrim tuman va shaharlarda sanoat o‘sish sur’atlari sezilarli darajada pasaygani qayd etildi. Jumladan, Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi rejalashtirilgan 5,7 foiz o‘rniga atigi 1,8 foizni tashkil etgan. Shuningdek, G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham sanoat rivojlanishi sust kechayotgani tanqid qilindi.

 

Eksport yo‘nalishida ham qator hududlarda kutilgan natijalar ta’minlanmagani ta’kidlandi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemir tuman hamda shaharlarida eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlar sust olib borilayotgani qayd etildi.

 

Yig‘ilishda Bosh vazirga sanoat va eksport yo‘nalishlarida sust natija ko‘rsatgan 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi.

 

Shuningdek, to‘qqiz oy yakuniga qadar ushbu hududlarda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, viloyat hokimlarining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"