Jahon

2030-yilgi Jahon chempionati oltita mamlakatda o'tkaziladi

Turnirning 100 yilligi munosabati bilan Jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o‘tkazish taklif qilindi.

2030-yilgi Jahon chempionati oltita mamlakatda o'tkaziladi

 

2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Bu taklifni Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (CONMEBOL) prezidenti Alejandro Dominges ilgari surdi.

 

Uning ta’kidlashicha, 2030-yilda futbol bo‘yicha ilk Jahon chempionatining 100 yilligi nishonlanadi va ushbu tarixiy sana munosabati bilan turnirni rekord darajadagi — 64 ta jamoa ishtirokida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

2030-yilgi mundial tarixda ilk bor olti davlat mezbonligida tashkil etiladi. Asosiy uchrashuvlar Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkazilsa, turnirning ochilish o‘yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkazildi. Mazkur format o‘yinlar sonini 64 tadan 104 taga yetkazgan edi.

 

Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino ham kelajakda Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 taga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgan. Hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida Ispaniya g'olib bo'lgan edi.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"