Jahon

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni yana ortishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

 

Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Nuriston viloyatida yuz bergan kuchli yomg‘irlar oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari kamida 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 80 kishi jarohatlangan, 100 dan ortiq fuqaro bedarak yo‘qolgani taxmin qilinmoqda. Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirgan.

 

Eng katta talafot Nuriston viloyatining Parun shahrida kuzatilgan. Pokiston bilan chegaradosh hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

 

Afg‘oniston Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi huzuridagi Meteorologiya boshqarmasi yaqin kunlarda ham bir qator viloyatlarda kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va chang bo‘ronlari kuzatilishi, buning oqibatida yangi suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Rasmiylar aholini daryo bo‘ylari va suv toshqini xavfi yuqori bo‘lgan hududlardan uzoqroq turishga, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mas’ul idoralar ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishga chaqirgan.

 

Mutaxassislar tabiiy ofatlar sonining ortishini iqlim o‘zgarishi hamda yillar davomida o‘rmonlarning kesilishi natijasida tuproqning suvni shimish qobiliyati pasaygani bilan izohlamoqda.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"