Jahon

AQSh migrantlar uchun 14 ta yangi saqlash markazi qurishni rejalashtirmoqda

Ma'muriyat kuniga 2 ming nafar migrantni hibsga olish bo‘yicha reja ustida ishlamoqda.

AQSh migrantlar uchun 14 ta yangi saqlash markazi qurishni rejalashtirmoqda

 

AQSh ma'muriyati migrantlarni vaqtincha saqlash infratuzilmasini kengaytirish maqsadida mamlakatning turli hududlarida 14 ta yangi muassasa qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Time jurnali xabar berdi.

 

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) migrantlarni hibsga olish hajmining ortishi sababli mavjud saqlash markazlarida joy tanqisligiga duch kelmoqda. Shu munosabat bilan Guantanamo ko‘rfazi, Virjiniya orollari va boshqa hududlarda yangi muassasalar qurilishi uchun pudratchilar qidirilmoqda.

 

Time manbalariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati kuniga 2 ming nafar migrantni hibsga olish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich belgilagan.

 

Qayd etilishicha, ICE avvalroq tijorat omborlarini migrantlar saqlash markazlariga aylantirish uchun 1 milliard dollar ajratgan. Biroq ushbu loyihalarning aksariyati ekologik tashkilotlarning sud da'volari sabab to‘xtab qolgan.

 

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi dastur umumiy qiymati 10 milliard dollarga baholanmoqda.

 

Rejalarga muvofiq, Gonolulu oroli, Mayami, Texas, Arizona, Nyu-York, Illinoys, Luiziana va Puerto-Rikoda ham migrantlarni saqlash infratuzilmasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"