O'zbekiston

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev qator davlatlardagi elchilar faoliyati tanqid qildi.

Belarusdagi O‘zbekiston elchisi lavozimidan ozod etildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiya loyihalari ijrosi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda oliy darajadagi 52 ta xorijiy tashrif doirasida umumiy qiymati 213 milliard dollarlik 1 617 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Biroq ushbu loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat yetarli darajada tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu munosabat bilan endilikda investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” Hisob palatasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi.

 

Bosh vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hududlar hokimlari va elchilar ishtirokida davlatlar kesimida hamda har bir loyiha bo‘yicha alohida muhokamalar o‘tkazish topshirildi.

 

Yig‘ilishda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan ham qator e’tirozlar bildirildi. Xususan, Belarusdagi O‘zbekiston elchisi investitsiya va tashqi savdo masalalariga loqayd yondashgani sabab lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

 

Shuningdek, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, O‘mon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elchilarning faoliyati ham yetarli darajada natija bermayotgani qayd etildi.

 

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport yo‘nalishlari bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish, o‘z vazifasini samarali bajarmayotgan rahbarlarni zamonaviy fikrlaydigan va tashabbuskor yosh kadrlar bilan almashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"