O'zbekiston

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident soliq tushumlarini oshirish bo‘yicha sust ishlayotgan hududlar faoliyatini tanqid qildi.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soliq tushumlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani tanqid qilindi.

 

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon respublikada soliq tushumlari 27 foizga oshib, 130 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Biroq qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha belgilangan yillik rejaning atigi 40 foizi bajarilib, bu 12 trillion so‘m miqdorida bo‘lgan.

 

Yig‘ilishda viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari korxonalar bilan soliq tushumlarini oshirish yuzasidan yetarli darajada ishlamayotgani tanqid qilindi.

 

Misol tariqasida, Buxoro viloyatida yillik aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani sababli bir so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani qayd etildi.

 

Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lamasdan, faqat QQSni chegirib kelayotgani aniqlangan.

 

Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

 

Yig‘ilishda 2026-yil 1-iyuldan boshlab 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati hududlarga o‘tkazilgani eslatilib, endilikda natija uchun bevosita hududlar mas’ul ekani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda hududiy soliq organlari rahbarlariga mazkur korxonalar bilan tizimli ishlash, soliqlarning to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"