O'zbekiston

Elektron to‘lov – 2 ming so‘m, naqd to‘lov esa 2 600 so‘m

Toshkent viloyatida jamoat transporti yo‘lkira tariflari yangilandi.

Elektron to‘lov – 2 ming so‘m, naqd to‘lov esa 2 600 so‘m

 

Toshkent viloyatida jamoat transportida yo‘lkira uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi tomonidan 2026-yil 20-iyul kuni qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, jamoat transportida elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lkira tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

 

Yangi tartibga ko‘ra:

  • transport yoki bank kartalari orqali elektron to‘lov amalga oshirilganda bir martalik yo‘lkira 2 000 so‘m etib belgilandi;

  • naqd pulda to‘lov uchun tarif elektron to‘lov narxidan 30 foiz yuqori — 2 600 so‘m etib tasdiqlandi;

  • bir yo‘lovchining yukini tashish xizmati uchun ham 2 600 so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

 

Shuningdek, qaror bilan soatlik, kunlik, uch oylik, olti oylik va yillik cheklanmagan tarif rejalarini joriy etish belgilandi.

 

Hujjatga ko‘ra, Toshkent viloyati shaharlarida brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida naqd pulsiz to‘lov tizimi bosqichma-bosqich to‘liq joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida infokiosklar o‘rnatilib, ular orqali transport kartalarini sotib olish va to‘ldirish imkoniyati yaratiladi.

 

Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

custom img

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"