Jahon

Isroil G‘azoda yangi xavfsizlik devorini qurmoqda

Mutaxassislar bu vaqtinchalik "sariq chiziq" amalda doimiy chegaraga aylanishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Isroil G‘azoda yangi xavfsizlik devorini qurmoqda


 
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Isroil harbiylari G‘azo sektorida uzunligi o‘nlab kilometrga cho‘zilgan tuproq to‘sig‘ini barpo etayotganini ko‘rsatmoqda. To‘siq G‘azo hududining Isroil nazoratidagi qismi bilan Falastin aholisi yashayotgan hududlarni ajratib turadi. Hozirda Isroil G‘azo sektorining yarmidan ko‘prog‘ini nazorat qilmoqda. Bu haqda APnews xabar berdi.


 
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlari fevral oyida boshlangan va so‘nggi haftalarda tezlashgan. To‘siq Rafah va Xon Yunis atrofidagi hududlarni ham qamrab olgan. Isroil armiyasi inshoot xavfsizlik maqsadida, infiltratsiyaning oldini olish va kuzatuv tizimlarini joylashtirish uchun barpo etilayotganini bildirgan.


 
Falastinliklar va ayrim tahlilchilar esa ushbu to‘siq sulh doirasida belgilangan vaqtinchalik "sariq chiziq"ni amalda doimiy chegaraga aylantirishi mumkinligidan xavotirda. G‘azoning Isroil nazoratidagi hududlarida ko‘plab aholi punktlari va infratuzilma vayron qilingan, millionlab falastinliklar esa vaqtinchalik lagerlarda yashashga majbur bo‘lmoqda.


 
Sulh kelishuvi Isroil qo‘shinlarining keyinchalik G‘azodan olib chiqilishi va xalqaro kuchlar joylashtirilishini nazarda tutgan. Biroq muzokaralar sust kechayotgani va zo‘ravonliklar davom etayotgani sabab kelishuvning keyingi bosqichlari amalga oshmayapti. Shu bois to‘siq qurilishi G‘azo kelajagi borasidagi xavotirlarni yanada kuchaytirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.