O'zbekiston

O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zi bexabar ishga joylashtirilgan

Murojaatlar asosida 143 ta korxona rahbariga nisbatan ma’muriy va jinoiy choralar ko‘rildi.

O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zi bexabar ishga joylashtirilgan

 

2026-yilning birinchi yarmida fuqarolardan o‘zining xabarisiz ishga joylashtirilgani yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasiga 1 495 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

 

Murojaatlar o‘rganilishi natijasida amalda faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. Shuningdek, 56 ta korxona va tashkilotga yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

 

Tekshiruvlar davomida ayrim murojaatlarda tilga olingan korxona va tashkilotlar faoliyati allaqachon tugatilgani ham aniqlangan.

 

Fuqarolarning mehnat huquqlarini tiklash maqsadida 2020–2025-yillar davomida Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) bazasiga noqonuniy yoki xato kiritilgan ma’lumotlar o‘chirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zi bexabar ishga joylashtirilgan | Zamon.uz