O'zbekiston

O‘zbekistonda islomiy bank ochish uchun yangi talablar belgilandi

Islom huquqi va moliya yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun kamida 5 va 7 yillik ish tajribasi talabi joriy etildi.

O‘zbekistonda islomiy bank ochish uchun yangi talablar belgilandi

 

Adliya vazirligi Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

 

Yangi tartibga muvofiq, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun asosida islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan islomiy bank tashkil etish hamda amaldagi banklarda "islomiy darchalar" ochish uchun huquqiy asoslar yaratildi.

 

Belgilangan talablarga ko‘ra, islomiy bank yoki "islomiy darcha" tashkil etishda quyidagilar majburiy hisoblanadi:

  • Islomiy moliya kengashi a’zolarining Markaziy bank bilan kelishilgan bo‘lishi;

  • Markaziy bank malaka talablariga javob beradigan, islomiy bank faoliyatiga mas’ul rahbar xodimning mavjudligi;

  • Islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosatining ishlab chiqilgan bo‘lishi.

 

Shuningdek, islomiy moliya kengashi kamida uch nafar a’zodan iborat bo‘lishi belgilandi. Ularning bir qismi islomshunoslik, qolganlari esa moliya-iqtisod, yuridik yoki islomshunoslik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

 

Islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zolar kamida 5 yillik, texnik ekspert a’zolar esa bank, moliya yoki huquq sohasida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

 

Bundan tashqari, kamida bitta kengash a’zosi (2027-yil 1-iyuldan boshlab barcha a’zolar) AAOIFI tomonidan berilgan sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi shart. Islom huquqi bo‘yicha mutaxassis a’zolar esa arab tilini bilishi hamda islom huquqiga oid birlamchi manbalarni tushunib, sharhlay olishi lozim.

 

Islomiy bank faoliyatiga mas’ul rahbar xodim ham bank yoki moliya tizimida kamida 7 yillik tajribaga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliya yo‘nalishida oliy ma’lumotga hamda AAOIFI sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

 

Shu bilan birga, Markaziy bank bilan kelishilgan bank rahbar xodimlari lavozimiga kirishganidan so‘ng bu haqda 5 ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilish talabi bekor qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.