O'zbekiston

Prezident banklar faoliyatini keskin tanqid qildi: Uch oyda natija bo‘lmasa, rahbar lavozimini tark etadi

Vazirlik va idoralarga byurokratiya, jarima hamda ortiqcha yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha bir haftalik muddat berildi.

Prezident banklar faoliyatini keskin tanqid qildi: Uch oyda natija bo‘lmasa, rahbar lavozimini tark etadi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalardagi banklar faoliyati, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish masalalari tanqidiy muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirib, Markaziy bankning hududiy rahbarlari hamda davlat banklari filiallari boshliqlari ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yil viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi. Kelgusi uch oy davomida natija ko‘rsatgan rahbarlar o‘z faoliyatini davom ettiradi, o‘zgarish qilmaganlar esa lavozimidan ozod etiladi.

 

Shuningdek, Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning amaliy natijalarini doimiy nazorat qilib borish vazifasi yuklatildi. Yig‘ilishda mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati va hovli uylari bilan ishlash masalalari ham ko‘rib chiqilib, hovli uylarni boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari odamlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, bugungi kunda 51 ta vazirlik va idora 322 ta yo‘nalish bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega ekani, 2024–2026-yillar davomida qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llangani ma’lum qilindi.

 

Prezident nazorat organlari faoliyatida yondashuvni tubdan o‘zgartirish zarurligini ta’kidlab, mas’ullar tadbirkorni jazolashdan avval unga imkoniyat yaratishi va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerakligini qayd etdi.

 

Yig‘ilishda eksport qiluvchilar zimmasidagi ortiqcha xarajatlar ham tanqid qilindi. Jumladan, bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmatlari uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat yuzaga kelayotgani misol sifatida keltirildi.

 

Shu munosabat bilan barcha vazirlar va tarmoq rahbarlariga bir hafta muddatda o‘z tizimlaridagi byurokratik tartib-taomillar, jarimalar, to‘lov va yig‘imlarni keskin qisqartirish hamda biznes muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident banklar faoliyatini keskin tanqid qildi: Uch oyda natija bo‘lmasa, rahbar lavozimini tark etadi | Zamon.uz