O'zbekiston

Toshkentda alimentdan qarzdor ota choyxonadan topildi

Maʼlum bo‘lishicha, sirdaryolik qarzdor ota Toshkentda topilgan, aliment qarzini ish beruvchi to‘lab bergan.

Toshkentda alimentdan qarzdor ota choyxonadan topildi

Sud qaroriga muvofiq qarzdor B.O. dan voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borildi.

 

Qarzdor sud qarori mazmuni bilan tanishtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, belgilangan aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan hamda davlat ijrochisidan yashirinib yurganligi sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Qidiruv tadbirlari davomida qarzdorning Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan choyxonada mehnat faoliyati olib borayotgani aniqlangan va u shu yerdan topilgan.

 

Mazkur choyxona rahbari xodimining 10 million so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligini to‘lab bergan.

 

Shundan so‘ng aliment qarzi to‘liq qoplangani inobatga olinib, qarzdor rasman ogohlantirilgan hamda unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruv tugatilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.