Jahon

Vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik sulh taklif qildi

Hozircha tomonlar tashabbusni qabul qilmagan.

Vositachilar AQSh va Eronga 10 kunlik sulh taklif qildi

AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik fonida mintaqaviy vositachilar tomonlarga 10 kunlik sulh joriy etish bo‘yicha taklif taqdim etdi. Bu haqda Axios nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qatar, Misr, Pokiston va boshqa mintaqaviy vositachilar Vashington hamda Tehronga 10 kun davomida harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi tashabbus bilan chiqqan.

 

AQSh rasmiylari bildirishicha, Prezident Donald Tramp ma’muriyati mazkur taklifni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, Vashington Isroilni diplomatik sa’y-harakatlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

 

Axios qayd etishicha, sulh amalga oshirilsa, harbiy harakatlar vaqtincha to‘xtatiladi, Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish yo‘llari to‘liq ochiladi hamda AQSh va Eron o‘rtasida o‘zaro anglashuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklash imkoniyati yuzaga keladi.

 

Hozircha tomonlarning hech biri ushbu taklifni rasman qabul qilmagan.

 

Nashrning yozishicha, vaziyat ikki xil ssenariy asosida rivojlanishi mumkin: birinchisi — tomonlar 10 kunlik sulhga erishadi, ikkinchisi esa muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, AQSh va Isroil tomonidan Eronga nisbatan keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanishi ehtimoli saqlanib qoladi.

 

Shuningdek, Axios ma’lumotiga ko‘ra, AQSh so‘nggi kunlarda mintaqaga o‘nlab qiruvchi va yonilg‘i quyuvchi harbiy samolyotlarni joylashtirgan. Isroil manbalari esa mamlakat armiyasi ehtimoliy keskinlashuv fonida yuqori jangovar shay holatga keltirilganini bildirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.