1-avgustdan IESlar uchun elektr energiyasi tariflari o‘zgaradi
Mazkur tariflar aholi va boshqa iste’molchilar uchun elektr energiyasi narxlariga taalluqli emas.

2026-yil 1-avgustdan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining yangi tariflari kuchga kiradi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha quyidagi tariflar (QQS bilan) tasdiqlangan:
-
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 834 so‘m/kVt·soat;
-
“Talimarjon” IES AJ – 579 so‘m/kVt·soat;
-
“Angren IES” AJ – 947 so‘m/kVt·soat;
-
“Yangi-Angren IES” AJ – 828 so‘m/kVt·soat;
-
“Taxiatosh IES” AJ – 957 so‘m/kVt·soat.
Qayd etilishicha, mazkur tariflar ichki tarmoq tariflari hisoblanadi va elektr energiyasining yagona xaridori bo‘lgan “O‘zenergosotish” AJ uchun amal qiladi.
Ushbu tariflar aholi hamda boshqa iste’molchilar uchun elektr energiyasi narxlariga tatbiq etilmaydi.








