O'zbekiston

"Chorvoq meniki" deb plyajlarni bo'lisha olmagan jinoiy guruh ushlandi

Tezkor tadbirlar davomida jami 13 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

"Chorvoq meniki" deb plyajlarni bo'lisha olmagan jinoiy guruh ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, jinoiy guruhlar Chorvoqdagi plyajlarni noqonuniy nazorat qilish va ta'sir doirasini kengaytirish masalasida o‘zaro mojaroga kirishgan. Mojaro davomida birinchi guruh a'zolari ikkinchi guruh vakillarini do‘pposlab, ularga tan jarohati yetkazgan.


 
Mazkur holat yuzasidan birinchi guruhning to‘rt nafar a'zosi qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


 
Shundan so‘ng, 16-iyul kuni ikkinchi guruh a'zolari qasos olish maqsadida birinchi guruhning qo‘lga olinmagan vakiliga kastet va beysbol bitasi bilan hujum qilib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Tezkor tadbirlar natijasida 19-iyul kuni ushbu guruhning uch nafar faol a'zosi va voqeaga aloqador yana olti nafar shaxs, jami to‘qqiz kishi ushlangan.


 
Tergov davomida ikkinchi jinoiy guruh vakillaridan birining Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali diniy ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani ham aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ham belgilangan tartibda huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"