O'zbekiston

Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga hayfsan berildi

Hokim odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga hayfsan berildi

 

Farg‘ona viloyatining Quva tumani hokimi Halimjon Umarov fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tuman hokimining fermerlar ishtirokidagi yig‘ilishda ularni haqorat qilgani hamda yerlarini topshirishni talab qilgani aks etgan audioyozuv keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish va huquqiy baho berish bo‘yicha Farg‘ona viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritgan.

 

Xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra, Quva tumani hokimi Halimjon Umarovga nisbatan "hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

 

Agentlik davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptirish hamda qonunbuzarlik holatlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"