Jahon

Ozarbayjonda o‘zbek shoiri Shuhrat Orifning kitobi taqdimot qilindi

TURKSOY festivali doirasida o‘zbek shoirining “Maktubdir umrim” kitobi kitobxonlarga taqdim etildi.

Ozarbayjonda o‘zbek shoiri Shuhrat Orifning kitobi taqdimot qilindi

 

Ozarbayjonning Ag‘dam shahrida taniqli o‘zbek shoiri Shuhrat Orifning ozarbayjon tilida nashr etilgan “Maktubdir umrim” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

                           

 

Taqdimot marosimi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tashabbusi bilan o‘tkazilgan Turkiy dunyo yosh shoirlarining II festivali doirasida Ag‘damdagi Mug‘om markazida tashkil etildi.

 

Unda TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev, Dunyo yosh turk yozuvchilari birligi raisi Intiqom Yashar, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Salim Babullao‘g‘li, Anqara Ijtimoiy fanlar universiteti rektori Muso Kozim Arijan, Turkiya Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammed Enes Kala, Turkmaniston Madaniyat vazirligi vakili Akmurod Rajabov hamda turkiy davlatlardan tashrif buyurgan adabiyot va madaniyat namoyandalari ishtirok etdi.

 

       

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidlab, “Maktubdir umrim” kitobi nashrini ikki qardosh xalqning mushtarak ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadilar.

 

       

 

Qayd etilishicha, kitob Ozarbayjondagi Dunyo yosh turk yozuvchilari birligi hamda “Hududiy huquqiy va iqtisodiy ma’rifat” jamoat birlashmasi hamkorligida tayyorlangan. Loyiha turkiy xalqlarning umumiy ma’naviy merosini targ‘ib qilish, adabiy tarjimalarni rivojlantirish va madaniy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

 

       

 

Taqdimot davomida Shuhrat Orif ijodi haqida ma’ruzalar qilinib, kitobdan she’rlar o‘qildi. Ishtirokchilar ushbu nashr Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiy hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdilar.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"