O'zbekiston

Prezident Toshkent–Samarqand pullik avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Yangi avtomagistral ishga tushgach, Toshkent–Samarqand yo‘li 5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi.

Prezident Toshkent–Samarqand pullik avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

 

22-iyul kuni davlat rahbari Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, mamlakat tarixidagi ilk zamonaviy pullik avtomagistral loyihasining qurilishiga rasman start berdi.

 

Prezident ushbu loyiha Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati va transport-logistika salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Qariyb 2,2 milliard dollarlik loyiha doirasida 282 kilometr uzunlikdagi olti polosali avtomagistral quriladi. Yo‘l Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 13 ta tuman hududidan o‘tadi.

 

Loyiha tarkibida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich, 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yer osti yo‘laklari va suv o‘tkazish inshootlari barpo etiladi.

 

Monolit beton qoplamali avtomagistralda tekis hududlarda transport vositalari soatiga 150 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

 

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, yangi yo‘l ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan safar vaqti 5 soatdan 2,5 soatgacha qisqaradi. Magistral sutkasiga 60–80 ming transport vositasini qabul qilish quvvatiga ega bo‘ladi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha yuk tashish tannarxini 19–24 foizga kamaytiradi, logistika samaradorligini oshiradi va yo‘l bo‘yida logistika markazlari, sanoat korxonalari, servis hamda turizm obyektlari barpo etilishi hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Loyiha xalqaro sifat, xavfsizlik va ekologik standartlar asosida amalga oshiriladi. Birinchi bosqich xitoylik hamkorlar bilan EPC modeli asosida quriladi, avtomagistralni 2030-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"