O'zbekiston

Qashqadaryoda kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

Ayol doimiy ravishda kelinini haqorat qilgan, kaltaklagan va ota-onasi bilan muloqotini cheklagan.

Qashqadaryoda kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kelinini muntazam ruhiy va jismoniy tazyiqqa duchor qilib, uni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 47 yoshli ayol 2022-yildan 2025-yil oktyabr oyiga qadar kelinini uy yumushlarini bilmaslikni bahona qilib muntazam haqorat qilgan, bir necha bor kaltaklagan, uyidan haydab yuborgan hamda ruhiy bosim o‘tkazgan.

 

Aniqlanishicha, u kelinining ota-onasi bilan uchrashishini cheklagan, telefondan foydalanishiga to‘sqinlik qilgan. Ayrim holatlarda esa uni sochidan tortib ko‘chaga sudrab chiqqan, yuz va tanasining turli qismlariga urib, tan jarohati yetkazgan.

 

2025-yil 2-oktyabr kuni kelin uzoq vaqt davom etgan ruhiy va jismoniy tazyiqlarga chiday olmay, yashash xonadonidagi molxonada o‘z joniga qasd qilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan aybdor deb topilgan. Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"