O'zbekiston

Toshkentda tadbirkordan 360 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi qurilish jarayoniga sun’iy to‘sqinlik qilmaslik evaziga pul talab qilgan.

Toshkentda tadbirkordan 360 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda 1977-yilda tug‘ilgan, avval firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs tadbirkordan 30 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi tadbirkor Chilonzor tumanidagi 37 sotix yer maydonida nodavlat umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari qurishni rejalashtirayotganidan xabar topgan.

 

U shaxsiy manfaatini ko‘zlab, mazkur hudud aholisi va turli tashkilotlar orqali qurilish jarayoniga to‘sqinlik qilishi, shuningdek, o‘zini go‘yoki qurilish egasidek ko‘rsatib fuqarolarni “tinchlantirish” evaziga tadbirkordan 360 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"