Jahon

Venesuelada hantavirusdan uch kishi vafot etdi

O‘limlar yuzasidan epidemiologik tekshiruv boshlandi.

Venesuelada hantavirusdan uch kishi vafot etdi

 

Venesuela Sog‘liqni saqlash vazirligi Ansoategi (Anzoátegui) shtatida hantavirus infeksiyasi oqibatida uch kishi vafot etganini rasman tasdiqladi.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlik marhumlarning shaxsi va yoshi oshkor qilinmasligini bildirgan hamda holat yuzasidan epidemiologik va laborator tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatning g‘arbidagi Barinas shtatida ikki nafar tibbiyot xodimi noma’lum sabablar bilan vafot etgani haqida ham axborot bergan.

 

Rasmiy bayonotda Barinasdagi o‘lim holatlari bilan Ansoategi shtatida qayd etilgan hantavirus infeksiyasi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmagani, mazkur holatlar alohida tartibda o‘rganilayotgani ta’kidlangan.

 

Hozirda mutaxassislar Ansoategi shtatidagi kasallik manbasi va yuqish sharoitlarini aniqlash bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"