Jahon

Epshteynga qizlar topishda gumonlangan shaxs Fransiyada o‘lik holda topildi

E'lon qilingan yozishmalarda Siad Epshteynga turli mamlakatlardan topilgan qizlarning yoshi, suratlari va boshqa ma'lumotlarini jo‘natib kelgani qayd etilgan.

Epshteynga qizlar topishda gumonlangan shaxs Fransiyada o‘lik holda topildi

 

AQShlik moliyachi va sudlangan jinsiy jinoyatchi Jeffri Epshteyn uchun yosh ayollarni tanlab berishda gumon qilingan model skauti va fotograf Daniel Siad Fransiyada o‘lik holda topildi.

 

Le Parisien nashrining huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalariga tayanib xabar berishicha, 69 yoshli Daniel Siad Parij yaqinidagi Kolomb shahrida vaqtincha yashab turgan uyida vafot etgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, u uy egasi safarda bo‘lgan paytda mazkur xonadonda yashab turgan va qo‘shnisi uni oshxonada jonsiz holatda topgan.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Siad so‘nggi vaqtlarda ishsiz va moddiy qiyinchilikda yashagan.

 

BFM TV xabariga ko‘ra, Daniel Siadning jasadi 20-iyul kuni topilgan. O‘limning aniq sababi hozircha rasman e’lon qilinmagan. Le Parisien esa dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, uning yurak xurujidan vafot etgan bo‘lishi mumkinligini yozgan. Fransiya prokuraturasi o‘lim holatini tasdiqlab, tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniel Siadning ismi ommaga e’lon qilingan "Epstein files" hujjatlarida ming martadan ortiq tilga olingan. U model skauti sifatida Sharqiy Yevropa va boshqa davlatlardan yosh modellarni izlab topgan hamda ular haqidagi ma’lumotlarni Jeffri Epshteynga yuborib turgan.

 

Nashr yozishicha, Siad va Epshteyn o‘n yil davomida muntazam yozishmalar olib borgan. Xatlarda Slovakiya, Chexiya, Polsha, Vengriya va boshqa mamlakatlarda topilgan qizlar, ularning yoshi, tashqi ko‘rinishi va fotosuratlari muhokama qilingan. Ayrim yozishmalarda 15–17 yoshli qizlar haqida ham so‘z borgan.

 

Masalan, 2009-yilda Daniel Siad Epshteynga Slovakiyada ekanini va u yerda 45 nafar qiz bilan uchrashuv rejalashtirilganini yozgan. Epshteyn esa bunga javoban: "Qancha?" degan qisqa xabar yuborgan. Boshqa yozishmalarda esa u: "Yangi qizlar bormi?", "Parijga kelishga arziydiganlar bormi?", "Qiziqarli qizlar topildimi?" kabi savollar bilan murojaat qilgan.

 

France 24 ma’lumotiga ko‘ra, Daniel Siad Fransiyada ayollar savdosi va jinsiy ekspluatatsiyaga aloqadorlik yuzasidan ham tergov ostida bo‘lgan.

 

Siad esa barcha gumonlarni rad etib, faoliyati faqat modellik biznesi bilan bog‘liq bo‘lganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, u modellarni Epshteyn bilan faqat qonuniy kastinglar uchun tanishtirgan, uchrashuvlar qisqa davom etgan va u hech qachon voyaga yetmagan qizlarni Epshteyn bilan tanishtirmagan. Biroq tergov materiallarida e’lon qilingan elektron yozishmalarda uning 15–17 yoshli qizlar haqida Epshteyn bilan muloqot qilgani qayd etilgan.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"