Jahon

Eron hali AQSh bilan kelishuvga tayyor emas — Tramp

AQSh prezidenti Eron har safar muzokaralar vaqtida shartlarni o‘zgartirishga urinayotganini bildirib, bu jarayon tez orada yakunlanishiga ishonch bildirdi.

Eron hali AQSh bilan kelishuvga tayyor emas — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hozircha Vashington bilan kelishuv tuzishga tayyor emasligini, biroq yaqin orada bunga tayyor bo‘lishiga ishonishini bildirdi.

 

Jorjiya shtatidagi Marietta shahrida tarafdorlari bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan Trampning ta’kidlashicha, Tehron kelishuvga erishishni istaydi, biroq hozircha bunga tayyor emas.

 

“Ular hali kelishuvga tayyor emas. Lekin juda tez orada tayyor bo‘lishadi,” — degan AQSh prezidenti.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron muzokaralar davomida har safar kelishuv shartlarini o‘zgartirishga urinmoqda. Shu bilan birga, u Tehrondan inqirozni hal qilishga tayyorligi haqida signallar olinayotganini, biroq bu AQSh istayotgan shartlar asosida emasligini qayd etgan.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan:

“Biz ularga juda qattiq zarba berdik,” — deya ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, Tramp Eron bilan yuzaga kelgan vaziyatni jiddiy mojaro sifatida baholamasligini bildirib, uni “kichik to‘qnashuv” deb atagan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"