Jahon

Fransiyada rekord darajadagi jazirama oqibatida 5 764 kishi vafot etdi

Mutaxassislar bunday ko‘rsatkich 2003-yildan buyon kuzatilgan eng og‘ir issiq to‘lqinlaridan biri ekanini qayd etdi.

Fransiyada rekord darajadagi jazirama oqibatida 5 764 kishi vafot etdi

 

Fransiyada iyun oyida kuzatilgan kuchli jazirama oqibatida kamida 5 764 nafar ortiqcha o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakatning Santé publique France sog‘liqni saqlash agentligi ma’lum qildi.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyun – 2-iyul kunlari Fransiyada 21 674 nafar fuqaro vafot etgan. Bu odatda shu davrda kuzatiladigan 15 910 ta o‘lim holatidan 5 764 taga ko‘p.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu 2003-yildan buyon qayd etilgan eng og‘ir issiq to‘lqinlaridan biri bo‘ldi. Biroq o‘sha yili yuz bergan tarixiy jazirama qariyb 15 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

 

Qayd etilishicha, ortiqcha o‘lim holatlarining qariyb uchdan ikki qismi 75 yosh va undan katta fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, ilk bor 15 yoshdan katta barcha yosh guruhlarida ham o‘lim ko‘rsatkichining oshgani kuzatilgan.

 

O‘lim holatlari kasalxonalar, xonadonlar va qariyalar uylarida qayd etilgan bo‘lib, ularning qariyb yarmi shifoxonalarda sodir bo‘lgan.

 

Santé publique France bunday holatlar issiq to‘lqinlari boshlanishidan avval profilaktik choralarni kuchaytirish va aholining sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidlagan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"