O'zbekiston

Ilmiy maqolangizni xalqaro jurnalda chop etmoqchimisiz? Amaliy seminar tashkil etiladi

Scopus va Web of Science nashrlari uchun 3 kunlik amaliy trening bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy maqolangizni xalqaro jurnalda chop etmoqchimisiz? Amaliy seminar tashkil etiladi

 

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) tomonidan Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalarni nashr etish bo‘yicha 3 kunlik amaliy seminar tashkil etilmoqda.

 

Seminar davomida ishtirokchilar Scopus va Web of Science bazalarining imkoniyatlari, xalqaro standartlar asosida ilmiy maqola yozish, IMRAD formatida maqola tayyorlash, tadqiqot uchun mos jurnalni tanlash hamda maqolani jurnalga topshirish (submission) jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganadi.

 

Shuningdek, treningda peer-review jarayoni, ekspertlarning izohlariga professional javob yozish, ilmiy etika, plagiat va mualliflik huquqi bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

 

Seminarda tibbiyot va farmatsiya sohasi mutaxassislari, ilmiy xodimlar, klinik tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, magistratura talabalari, PhD va DSc izlanuvchilari, yosh olimlar hamda ilmiy maqolalarini xalqaro jurnallarda chop etishni istagan barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

 

Sana: 27–29-iyul
Vaqti: 10:00
Manzil: BioPharma City majlislar zali.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"