O'zbekiston

Migratsiya agentligiga nisbatan ijro harakatlari to‘xtatilgani yo‘q — MIB

MIB sobiq agentlik xodimlarini ishga tiklash bo‘yicha ijro ishlari to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Migratsiya agentligiga nisbatan ijro harakatlari to‘xtatilgani yo‘q — MIB

 

Majburiy ijro byurosi (MIB) Migratsiya agentligiga nisbatan ijro harakatlari to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

 

MIB ma’lum qilishicha, Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida tugatilgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan 126 ta ijro hujjati bo‘yicha 13,6 milliard so‘m undirish hamda 28 nafar sobiq xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi sud qarorlari mavjud.

 

Prezident farmoniga muvofiq eski agentlik tugatilib, uning huquqiy vorisi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etilgan. Shu asosda MIB qarzdorlik va ishga tiklash majburiyatini yangi agentlik zimmasiga yuklash haqida qaror chiqargan.

 

Biroq yangi Migratsiya agentligi ushbu qarordan norozi bo‘lib sudga murojaat qilgan. Natijada Toshkent shahar ma’muriy sudi MIBning qarorini bekor qilgan, prokuratura protesti esa yuqori instansiya tomonidan rad etilgan.

 

MIBning ta’kidlashicha, aynan amaldagi sud qarorlari yangi agentlikdan qarzdorlikni undirish va sobiq xodimlarni ishga tiklash bo‘yicha ijro harakatlarini amalga oshirishga huquqiy to‘siq bo‘lib turibdi.

 

Shu sababli Byuro 2026-yil 4-iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qilib, sud qarorini ijro etish tartibiga aniqlik kiritishni so‘ragan.

 

MIBga ko‘ra, sudning tegishli tushuntirishi olingach, ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Migratsiya agentligiga nisbatan ijro harakatlari to‘xtatilgani yo‘q — MIB | Zamon.uz