O'zbekiston

Namanganda do‘lga qarshi 18 ta "Alazan-6" raketalari uchirildi

Maxsus choralar qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘lning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida amalga oshirildi.

Namanganda do‘lga qarshi 18 ta "Alazan-6" raketalari uchirildi

 

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘lning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida 18 ta "Alazan-6" do‘lga qarshi raketa qo‘llanildi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 23-iyul kuni Qirg‘iziston hududidan Yangiqo‘rg‘on tumani tomon konvektiv do‘l bulutlari siljigan. Natijada hududda kuchli do‘l yog‘ishi kuzatilgan.

 

Shundan so‘ng Yangiqo‘rg‘on gidrometeorologiya majmuasi mutaxassislari do‘lning davom etishining oldini olish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish maqsadida do‘l bulutlariga faol ta’sir ko‘rsatish ishlarini amalga oshirdi.

 

Jumladan, 18 ta "Alazan-6" do‘lga qarshi raketa uchirildi. Ularning:

  • 6 tasi 1-sonli texnologik qo‘mondonlik punktidan Iskovot, Yangihayot va Xadikent yo‘nalishlarida;

  • 6 tasi 3-sonli punktdan Bog‘iston va O‘rtayalong‘och yo‘nalishlarida;

  • yana 6 tasi 4-sonli punktdan Bog‘iston, O‘rtayalong‘och va Xadikent yo‘nalishlarida qo‘llanilgan.

 

Mazkur tadbirlar do‘lning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida amalga oshirilgani qayd etildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"