O'zbekiston

O‘ta xavfli jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol qidiruvidagi shaxs tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblangan.

O‘ta xavfli jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

 

Uzoq vaqt davomida odil sudlovdan yashirinib yurgan o‘ta xavfli jinoyatchi Misr Arab Respublikasidan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur shaxs tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan.

 

Interpolning O‘zbekistondagi va Qohira shahridagi Milliy markaziy byurolari hamkorligida qidiruvdagi shaxsning harakatlanish yo‘nalishlari aniqlanib, uning Misr hududida ekani tasdiqlangan.

 

Ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘rov ko‘rib chiqilgach, Misrning vakolatli idoralari uni O‘zbekistonga topshirish haqida qaror qabul qilgan.

 

Barcha xalqaro-huquqiy tartib-taomillar yakunlangach, qidiruvdagi shaxs Interpol xodimlariga topshirilib, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun mamlakatga olib kelindi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"