O'zbekiston

O‘zbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

AQShda o‘tgan Xalqaro Matematika Ittifoqi Bosh Assambleyasida olima Umida Baltayeva nufuzli qo‘mita tarkibiga saylandi.

O‘zbekistonlik olima Xalqaro Matematika Ittifoqi qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

 

AQShning Nyu-York shahrida Xalqaro Matematika Ittifoqi (International Mathematical Union – IMU) Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning yetakchi matematik olimlari, milliy matematika jamiyatlari rahbarlari hamda IMU rahbariyati ishtirok etdi.

 

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol qatnashdi.

 

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Xorazm Ma’mun akademiyasi bosh ilmiy xodimi, professor Umida Baltayeva IMUning Rivojlanayotgan davlatlar qo‘mitasi (Committee for Developing Countries) a’zoligiga saylandi. Ushbu saylov O‘zbekiston matematika ilm-fani va mamlakat matematiklari uchun muhim xalqaro e’tirof sifatida baholanmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor Ravshan Ashurov ham Bosh Assambleya muhokamalarida faol ishtirok etdi. U xorijlik hamkasblari bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda institutsional aloqalarni mustahkamlash yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Ta’kidlanishicha, mazkur yig‘ilish O‘zbekiston matematiklarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi va nufuzini oshirish, yangi ilmiy hamkorliklarni rivojlantirish hamda mamlakat matematika maktabining xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"