O'zbekiston

Samarqandda “zakladka” orqali giyohvand modda tarqatgan 44 nafar narkokurer qo‘lga olindi

21 ta geolokatsiyaga yashirib qo‘yilgan, qariyb 1 500 dozaga teng mefedron sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Samarqandda “zakladka” orqali giyohvand modda tarqatgan 44 nafar narkokurer qo‘lga olindi

 

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor-qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida yirik narkotarmoq faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Samarqand shahri hamda Oqdaryo, Samarqand, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida Telegram messenjeridagi “narkodo‘kon” kanali va maxsus bot orqali sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan 44 nafar shaxs qo‘lga olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 21 ta geolokatsiyaga yashirib qo‘yilgan, qariyb 1 500 dozaga teng mefedron sintetik giyohvandlik vositasi aniqlanib, musodara qilindi. Shu tariqa ushbu giyohvand moddalarning aholi orasida tarqalishining oldi olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"