O'zbekiston

Sirdaryoda 24 yoshli yigit avtomashinadan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

Marhumning yaqinlari voqea ishtirokchilarining ko‘rsatmalari bir-biriga mos kelmayotganini aytib, holatni har tomonlama o‘rganishni talab qilmoqda.

Sirdaryoda 24 yoshli yigit avtomashinadan o‘zini tashlab halok bo‘ldi

 

Sirdaryo viloyatida 24 yoshli Asadbek Bo‘riboyevning vafoti yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari esa voqea rasmiy talqinda aytilganidek bo‘lmaganini bildirib, holatni chuqur o‘rganishni so‘ramoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi 24 yoshli Asadbek Bo‘riboyev 2026-yil 29-iyun kuni Toshkent shahridan uyiga qaytayotganida halok bo‘lgan.

 

Marhumning yaqinlari aytishicha, u o‘sha kuni telefon orqali oilasiga qo‘ng‘iroq qilib, kech bo‘lgani sababli Sirdaryo tumanida yashovchi qarindoshinikida tunab qolishini bildirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, qarindoshlarga Asadbek yo‘l-transport hodisasiga uchragani va ahvoli og‘ir ekani haqida xabar berilgan.

 

Marhumning amakisi Asqar Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga yetib borilganda Asadbekning bo‘yni singan bo‘lgan va u tongga yaqin vafot etgan.

 

Qarindoshlarning ta’kidlashicha, voqea ishtirokchilari Asadbek harakatlanayotgan Cobalt avtomobilidan qayt qilmoqchi bo‘lib eshikni ochgan va yiqilib tushganini aytishgan. Biroq ular marhumning tanasidagi ayrim jarohatlar ushbu talqinga mos kelmasligini bildirmoqda.

 

Ularning aytishicha, marhumning yuzi deyarli shikastlanmagan, biroq qo‘llari va bel qismida ko‘karishlar bo‘lgan. Shuningdek, voqea joyidan emas, boshqa avtomobil — Damas orqali shifoxonaga olib borilgani, jasadning yuvilib, oppoq choyshabga o‘ralgani ham ularda qo‘shimcha savollar uyg‘otgan.

 

Marhumning yaqinlari voqea guvohlarining ko‘rsatmalari ham bir-biriga mos kelmayotganini bildirib, kiyim-kechak va mobil telefonni tergov organlariga o‘zlari topshirganini hamda ish har tomonlama va xolis o‘rganilishini so‘ragan.

 

Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy izoh berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 30-iyun kuni Sirdaryo tumani IIB navbatchilik qismiga mazkur hodisa yuzasidan xabar kelib tushgan.

 

Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, fuqaro U. N. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi Sirdaryo tumanidagi ichki yo‘lda harakatlanayotgan vaqtda, old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan Asadbek Bo‘riboyev bir necha bor avtomobilni to‘xtatishni so‘ragan. Haydovchi harakatni davom ettirgach, u o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgani oqibatida og‘ir tan jarohati olgan.

 

Jabrlanuvchi Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, Asadbek Bo‘riboyevning o‘limiga avtomashinadan tushib ketish oqibatida olgan tan jarohatlari sabab bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra hodisaga huquqiy baho berilishi ma’lum qilingan.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"