O'zbekiston

Toshkentda “zakladka” orqali narkotik tarqatgan ukrainaliklar ushlandi

Uch nafar xorij fuqarosi uyida 2,4 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Toshkentda “zakladka” orqali narkotik tarqatgan ukrainaliklar ushlandi

 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan xorij fuqarolari ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yil 12-iyun kuni O‘zbekistonga kelgan Ukrainaning 1994, 1997 va 2001-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqarosi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida vaqtincha yashab turgan ikki xonadonda istiqomat qilgan.

 

Tezkor tadbir davomida ularning yashash joylari ko‘zdan kechirilganda, poytaxtning turli hududlariga “zakladka” usulida tarqatish uchun tayyorlangan narkotik moddalar borligi aniqlangan.

 

Musodara qilingan moddalar “gashish”, “mefedron” va “alfa-PVP” bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 1 kilogramm 945 grammni tashkil etgan.

 

Bundan tashqari, internet orqali faoliyat yurituvchi narkodo‘kon tashkilotchilari tomonidan ushbu shaxslarga keyinchalik qayta qadoqlab tarqatish uchun xufiya joyda qoldirilgan 460 gramm “mefedron” va “alfa-PVP” ham ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “zakladka” orqali narkotik tarqatgan ukrainaliklar ushlandi | Zamon.uz