O'zbekiston

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

Sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan.

Angrenda mashinadan unashtirilgan yigit va qizning jasadi topildi

 

Toshkent viloyati Angren shahrida unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Millar xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni soat 23:53 da Angren shahrida yashovchi fuqaro Toshkent viloyati IIBB navbatchilik qismiga murojaat qilib, 26 yoshli singlisi va uning 31 yoshli bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Gentra avtomobilida uydan chiqib ketgani va qaytib kelmaganini ma’lum qilgan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yigit va qizning jasadi garaj ichida turgan Gentra avtomobilidan is gazidan zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish oqibatida yuzaga kelgan bosh miya va o‘pka shishi hamda o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

 

Mahalla faollarining aytishicha, marhumlar yaqin kunlarda nikoh to‘yi o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lib, oilalar o‘rtasida nizolar kuzatilmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"