O'zbekiston

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

Milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

Elektr energetikasi tizimida dispetcherlik boshqaruvi takomillashtiriladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-son qarori bilan Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Qarorga muvofiq, elektr energetikasi tizimida tezkor-dispetcherlik boshqaruvini yanada takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energetika tizimiga samarali integratsiya qilish hamda Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bajarib kelinayotgan milliy, mintaqaviy va hududiy dispetcherlik funksiyalari Milliy dispetcherlik markazi boshqaruviga o‘tkaziladi.

 

Mazkur o‘zgarish elektr energetikasi tizimini yagona markazdan tezkor muvofiqlashtirish, elektr tarmoqlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Qaror bilan, shuningdek, energiya balansini real vaqt rejimida rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy raqamli tizimlarini joriy etish belgilangan. Xususan, PowerFactory (DIgSILENT) va PLEXOS dasturiy platformalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvatlari hamda ularning elektr tarmog‘iga ta’siri yanada aniq prognoz qilinadi.

 

Bundan tashqari, dispetcherlik boshqaruvini raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish va soha mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha ham qator vazifalar belgilangan.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"