Jahon

Isroil sulhga qaramay Livan janubida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda

Livan hukumati buni sulhning navbatdagi buzilishi deb baholab. Isroilni mamlakat suverenitetiga tajovuz qilishda ayblagan.

Isroil sulhga qaramay Livan janubida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda


Isroil armiyasi Livan janubidagi bir qator hududlarda binolarni portlatish va harbiy amaliyotlarni davom ettirdi. Bu harakatlar Isroil va Livan o‘rtasida AQSH vositachiligida erishilgan sulh amalda bo‘lib turgan hamda tomonlar vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda.



Al Jazeera xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari Kfar Kila, Mays al-Jabal, Xula va Markaba kabi chegara qishloqlarida bir nechta bino va inshootlarni portlatgan. Livan rasmiylari buni sulh kelishuvining navbatdagi buzilishi deb baholab, Isroilni mamlakat suverenitetiga tajovuz qilishda ayblagan.



So‘nggi kunlarda AQSH vositachiligida Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan bosqichma-bosqich olib chiqish, ularning o‘rniga Livan armiyasini joylashtirish hamda chegaradagi xavfsizlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Biroq Isroil armiyasi Hizbulloh harakatiga tegishli deb hisoblagan harbiy infratuzilmaga zarba berish operatsiyalari davom etishini bildirgan.



O‘z navbatida, Hizbulloh Isroilni sulh shartlarini muntazam ravishda buzayotganlikda ayblab, xalqaro hamjamiyatni bosimni kuchaytirishga chaqirdi. Livan hukumati ham Isroilning harbiy harakatlari mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirayotganini ta'kidlamoqda.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"