Jahon

Marko Rubio AQShga kirish bo‘yicha yangi cheklovlarni e’lon qildi

Ayrim jinoyatlarga aloqador shaxslar hamda ularning yaqinlariga viza berilmaydi.

Marko Rubio AQShga kirish bo‘yicha yangi cheklovlarni e’lon qildi

 

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio kiberjinoyatlar va boshqa transmilliy onlayn jinoyatlarga aloqador shaxslarga nisbatan yangi viza cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.

 

Yangi siyosatga ko‘ra, kiberfiribgarlik, kiberjinoyatlar hamda bolalarga nisbatan onlayn jinsiy zo‘ravonlik kabi jinoyatlarni sodir etgan yoki ularga aloqador deb gumon qilinayotgan shaxslar, shuningdek, ayrim hollarda ularning yaqin qarindoshlari ham AQSh vizasini olish imkoniyatidan mahrum etilishi mumkin.

 

Marko Rubioning ta’kidlashicha, bu turdagi jinoyatlar ortida ko‘pincha transmilliy jinoiy guruhlar turadi.

"Ko‘pincha Xitoy transmilliy jinoiy tashkilotlari tomonidan muvofiqlashtiriladigan firibgarlik sxemalari faqat 2024-yilning o‘zida amerikaliklarga kamida 10 milliard dollar zarar yetkazdi. Bundan tashqari, amerikalik bolalar xorijdan boshqariladigan jinsiy zo‘ravonlik tarmoqlarining nishoniga aylanmoqda," — degan AQSh Davlat kotibi.

 

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, yangi viza siyosati korrupsiya, pul yuvish, odam savdosi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga xizmat qiladi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"