Jahon

Ostonada ilk havo taksisi sinovdan o‘tkazildi

Mamlakat 2028-yilgacha vertiportlar tarmog‘ini barpo etish va havo taksilarini transport tizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Ostonada ilk havo taksisi sinovdan o‘tkazildi

 

Qozog‘iston poytaxti Ostonada elektr vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) texnologiyasiga asoslangan ilk havo taksisining namoyish parvozi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Namoyish parvozi "Kelajak o‘yinlari – 2026" (GOTF 2026) xalqaro turniri doirasida tashkil etildi. Loyiha Qozog‘istonning Alatau Advance Air Group Ltd. (AAAG) kompaniyasi hamda Xitoyning AutoFlight kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilgan.

 

Sinovda AutoFlight Prosperity rusumidagi eVTOL havo taksisidan foydalanilgan. Qurilma bir nafar uchuvchi va besh nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, soatiga 200 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi va 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega. 13 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan ushbu transport vositasi shovqini past va atmosferaga karbonat angidrid chiqarmaydi.

 

Xavfsizlik talablariga muvofiq, ilk namoyish parvozi yo‘lovchilarsiz amalga oshirilgan. Bu yangi avlod aviatsiya texnologiyalarini tijorat foydalanishidan avval sinovdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro amaliyot hisoblanadi.

 

Qozog‘iston rasmiylari ushbu loyiha mamlakatda Urban Air Mobility (UAM) — shahar havo transporti tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturning bir qismi ekanini ta’kidlagan. Mazkur yo‘nalishda zarur qonunchilik bazasi yaratilib, vertiportlar, uchuvchisiz havo harakatini boshqarish tizimlari va raqamli infratuzilmani rivojlantirish ishlari boshlangan.

 

Shuningdek, 2028-yilgacha Qozog‘istonda oltita vertiport qurish va havo taksilarini mamlakat transport tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish rejalashtirilgan. Mutasaddilar fikricha, ushbu texnologiya yo‘lovchi tashish bilan birga logistika, shoshilinch tibbiy yordam va boshqa xizmatlar rivojiga ham xizmat qiladi.

custom img

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

custom img

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

custom img

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"