O'zbekiston

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

Mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlab, xalqaro sayohatlar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston biometrik pasportlari xalqaro xavfsizligi kuchaytirildi

 

Joriy yilning 21-iyul kuni Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va shaxsiylashtirish departamenti Shaxsiylashtirish markazi delegatsiyasi Kanadaning Monreal shahrida joylashgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) bosh qarorgohiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari xavfsizligini ta’minlovchi PKI (Ochiq kalit infratuzilmasi) hamda ICAO PKD (ICAO Ochiq kalit reyestri) raqamli sertifikatlari ICAO Doc 9303 xalqaro standarti talablariga muvofiq muvaffaqiyatli yangilandi.

 

Yangilangan sertifikatlar ICAO PKD tizimiga a’zo barcha davlatlarga tarqatildi. Bu esa xorijiy davlatlar chegara nazorati organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlarini tekshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik qiyinchiliklarning oldini oladi.

 

Shuningdek, mazkur yangilanish biometrik pasportlardagi ma’lumotlar yaxlitligini ishonchli himoya qilish, hujjatlarning haqiqiyligini tezkor tasdiqlash hamda xalqaro sayohatlar xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston ICAO PKD tizimining faol ishtirokchisi sifatida elektron sayohat hujjatlari infratuzilmasini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni izchil mustahkamlashni davom ettirmoqda.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"